Mahsulot

image

Shisha tolali mat (buyra)

Fayberglas mat (shuningdek,shisha tolali mat yoki to‘qilmagan shisha tolali shisha deb ataladi ) tasodifiy naqshga yo‘naltirilgan va bir-biriga boglangan kesilgan shisha tolalardan yasalgan tekis mato. Dastlab gidroizolyatsiya membranalarida kartonni almashtirish uchun ixtiro qilingan, shisha tolali matlar uzoq vaqtdan beri tijorat va turar-joy qurilishi, energiyani saqlash va avtomobilsozlik kabi qo‘shimcha soxalarga ega bo‘ldi. Fayberglas mat oxirigi foydalanuvchilarning talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi mumkin.

Ishlab chiqarishimiz avtomatlashtirilgan va zamonaviyuskunalar bilan jixozlangan. Shisha tolali mato maydalangan Ye-tipli shisha toladan “xo‘l usul” yordamida tayyorlanadi ,utekislikda bir tekis va turli yo‘naishlarda taqsimlanadi, shundan so‘ng ular avtomatik ravishda majburiy emulsiya purkaladi. Olingan mato emulsiyadan xavo pufakchalarini olib tashlash uchun o‘raladi va quritadigan pechga joylashtiriladi. Zamonaviy jixozlar tufayli biz uzunligi 50 mm gacha bo‘lgan ko‘p yo‘nalishni,teng taqsimlangan shisha tolalardan to‘qilmagan mato olamiz.

Olingan shisha tolalar rulon shaklida xar xil zichlikdagi,xam mustaqil ravishda (zichligi 20-250 g/m2 va kengligi 2600 mm gacha) ishlatilishi mumkin, xam gips panellarini keyingi mustaxkamlash uchun bo‘yoq yopishqoq kompozitsiya bilan mustaxkamlanadi (zichligi 280-450 g/m2 va kengligi 1300 mm gacha). Fayberglasimizdan tayyorlangan materiallar yuqori quvvatga ega, uzoq vaqt davomida yaxshi mexanik xususiyatlarini namoyish etadi va kimiyoviy moddalarga juda chidamli.

Glassmat Plita

Shisha mat plita qo‘shimchalar bilan gipsdan yasalgan va shisha tola bilan mustaxkam- langan yadroli Glasmat Plita bo‘yash uchun fasad panelining mustaqil turi sifatida tijorat va turar joy binolarida foydalanish uchun fasad panellari sifatida mo‘ljallangan ,shuningdek keng assortiment uchun mo‘ljallangan va gisht, tosh, metal, yogoch, vinil shuningdek, YeIFS shamollatiladigan jabxa tizimlarini o‘z ichiga olgan yagona keng ko‘lamli tashqi qoplama materiallaridir.

Olingan material mo‘gor va namlikka chidamlilik,ovoz izolyatsiyasi,zarba qarshiligi va yonginga chidamliligi kabi ajoyib xususiyatlarga ega.

Materialning yonginga chidamliligi uning binolardagi evakuatsiya yo‘llari uchun ximoya to‘sigi va lift shaxtalari uchun yonginga qarshi to‘siq sifatida ishlatilishi juda maquldir.

image