Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O’zbekistonda ekologik toza qurilish materiallari, xususan, issiqlik va ovoz izolatsiyasi sifatida ishlatiladigan shisha tolali mahalliy materialni ishlab chiqarishni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlamoqda. Bank to’qilmagan shisha tolasi va shisha pahta ishlab chiqaruvchi yetakchi mahalliy “Angren” kompaniya guruhini moliyaviy qo’llab-quvvatlamoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Angrenga 6 million AQSH dollari (5,2 million yevro)gacha bo’lgan kredit mablag’lari hisobidan shisha tolali yupqa matoni bo’yash uchun zamonaviy uskunalar xarid qilish, aylanma mablag’larni to’ldirish va balansni qayta tuzish orqali kompaniyaning moliyaviy holatini mustahkamlash ko’zda tutilgan. Angren kompaniyasi guruhi hali ham import mahsulotlariga tayanadigan ichki bozorga xizmat ko’rsatuvchi O’zbekistonda yagona to’qilmagan shisha tola ishlab chiqaruvchisi bo’lib qolmoqda. Shisha tolali materiallar qurilishda, jumladan, fasad uchun panellar ishlab chiqarishda, shuningdek, bu panellar bino venfasadlari va interyerlarni bezashda keng qo’llaniladi. Qurilish sektori 2024-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 7 foizini tashkil etganini va kutilayotgan o’sish sur’atlarini hisobga olsak, qurilish materiallariga bo’lgan talab juda tez oshib boradi. O’zbekistonda rangli shisha yupqa mato ishlab chiqarilishi ushbu mahsulotlarning mavjudligini oshiradi, bozorda sog’lom raqobatni yuzaga keltiradi va tashqi ta’minotga qaram- likni kamaytiradi. Loyiha doirasida Angren shahrida korporativ boshqaruvni ilg’or xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ham qabul qilinadi. Bundan tashqari, tashabbus Yaponiya-YETTB hamkorlik jamg’armasining texnik ko’magida amalga oshirilmoqda. So’nggi maʼlumotlarga ko’ra, YeTTB 181 ta loyiha orqali O’zbekiston iqtisodiyotiga deyarli 5,6 milliard yevro sarmoya kiritgan, bunda xususiy sektorni qo’llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilgan. Oxirgi besh yil ichida O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida YeTTB tomonidan eng ko’p mablag’ oluvchi davlatga aylandi.
Xamkorlik chegaralarini kengaytirib, biz Qozogiston va Rossiyadagi mijozlarga shisha tolali shishaning birinchi partiyasini joʻnatdik. Boshqa davlatlarga etkazib berish ishlari olib borilmokda.
Woolan Glassmat Plita (WGP) mustaxkamlangan gispkarton ishlab chikarish uchun buyalgan shisha tola ishlab chiqarish imkonini beruvchi buyash liniyasi ishga tushirildi. WGP, bu binolarning jabxalari yani fasadlarni qoplash uchun yangi, yuqori texnologiyali va arzon maxsulot. Xozirgi vaqtda 2500x1200x12.5mm oʻlchamdagi plitalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, buyurtmalarni qabul qilish uchun. Yangi maxsulot yonmaydi va namlikdan qoʻrqmaydi,vazni engil va katta zichligi evaziga tashqi muxitni unga tasiri oʻtmaydi. Oson oʻrnatilinadi, kanselyar pichoqchasida engil kesiladi. Yuqori darajada tamirlash imkoniyatiga ega. Maxsulotga oson ishlov beriladi va boʻyaladi, ustki qismiga xar xil bezak boʻyoqlarini surtsa boʻladi. GP yuqori darajada yongin xavfsizligi ximoya vositasi xisoblanada va u lift shaxtalarida, bino va inshoat evakuasiya yoʻlaklarida ximoya toʻsigi vazifasida xizmat qiladi. Nam va zax xonalarda kafel tagiga oʻrnatilinadi va ustki qismiga bemalol maxsus sement qorishmasini surtib kafellarni oʻrnatsa boʻladi.
«ANGREN GLASSFIBER” MChJ QK korxononamiz tomonidan birinchi partiya shisha tolali mato maxsulotimiz ishlab chiqarildi. KorxonamizOʻrta Osiyoda yagona shisha tolali mato ishlab chiqaruvchi zavod xisoblanadi. Shisha tolali mato rulon xolatida chiqariladi,uzunligi 1000-3000 m, eni 1-2.3 mva zichligi 25g/m2 dan yuqori boʻladi, bu asosan boʻyoqchilar va linoleum ishlab chiqaradiganlar ishlatishi uchun moʻljallangan (kovrolin, xar xil oʻlchamdagi er ostiga koʻmiladigan katta kichik quvurlar izolyasiyasi, kompozit quvurlar, suyuqlik uchun moʻljallangan katta xajmli idishlar,akkumlyator batareyalari, mebel jixozlari, fasad plitalarini mustaxkamligi va boshkalar.
Kompaniyamiz mahsulotlaridan foydalanish juda keng spektrga ega. Bu erda ularning ba'zilari keltirilgan: